platina.uz
Jahon

Oʻzbekistondan keyin Eron ham Rossiya vakilini TIVga chaqirdi

Bunga Rossiyaning uchta orol boʻyicha bayonoti sabab boʻldi. 

Oʻzbekistondan keyin Eron ham Rossiya vakilini TIVga chaqirdi

Eron Rossiyaning mamlakatdagi muvaqqat ishlari boʻyicha ishonchli vakilini TIVga chaqirdi va unga norozilik notasi topshirdi.

Bunga BAAning Fors koʻrfazidagi uchta orolga daʼvolarini Rossiya qoʻllab-quvvatlagani sabab boʻlgan.

Katta Tomb, Kichik Tomb va Abu Muso orollari Fors koʻrfazini okeanlarning qolgan qismidan ajratib turadigan Hormuz boʻgʻozidan bir oz gʻarbda joylashgan. Eron ularni oʻz hududi deb biladi.

Chorshanba kuni Marokashda Rossiya-Arab hamkorlik forumi yakunlandi. Uning yakuniy bayonotida (rasmiy TASS agentligidan iqtibos keltirgan holda) aytilishicha, tomonlar “Barcha tinch yoʻldagi saʼy-harakatlarni, jumladan, Katta Tomb, Kichik Tomb va Abu Muso orollari masalasini tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan tashabbus va saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildiradilar”.

Bu Rossiyaning bunday formulalarga birinchi marta qoʻshilishi emas. Iyul oyida u Rossiya va Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi oʻrtasidagi strategik muloqot doirasidagi vazirlar uchrashuvi yakunlari boʻyicha bayonotni imzoladi. U yerda hududiy nizoni ikki tomonlama muzokaralar yoʻli bilan yoki Xalqaro sudda hal qilish taklif etilgan.

Oʻshanda, hozirgi kabi, bu Eronning noroziligiga sabab boʻldi. Iyul oyida u Rossiya elchisi Aleksey Dedovga norozilik bildirgandi.

Yeron TIV bayonotiga koʻra, departament vakili “rossiyalik diplomatga [muvaqqat ishlar vakili] davlatlararo munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillar boʻlgan suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish zarurligini eslatdi”.

“Tashqi ishlar vazirligi vakili Eronning Fors koʻrfazidagi uchta orol ustidan doimiy suverenitetini tasdiqladi va har qanday tomonning bu boradagi har qanday daʼvolarini qabul qilib boʻlmas deb hisoblashini taʼkidladi”, — deyiladi TASS xabarida.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi ham mamlakat tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgandi. Bunga rossiyalik Zaxar Prilepinning provokatsion bayonoti sabab boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid