platina.uz
Jamiyat

Navoiyda "Kobalt" kutilmaganda portlab ketdi, qurbon bor

Haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Navoiyda "Kobalt" kutilmaganda portlab ketdi, qurbon bor

Navoiyda "Kobalt" avtomobili kutilmaganda portlab ketdi, natijada voyaga yetmagan bola vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

24 dekabr soat 09:50larda fuqaro F.D oʻz boshqaruvida boʻlgan, "Kobalt" rusumli avtomashinasi bilan Qiziltepa tumanidagi “Burger” kafesi oldidagi avto turargohda boʻlgan vaqtda avtomashinaga oʻrnatilgan metan gaz balloni portlab ketishi natijasida haydovchi F.D va uning 3 yoshlik voyaga yetmagan farzandi R.Sh turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voyaga yetmagan R.Shga koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid