Mahalla fondi qisqaradi, mahalla uyushmasi tuziladi
Mahalla teleradiokanali DUK masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladi.
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 21 dekabrda qaror imzolagan.
Bu taklif Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklaridan chiqqan.
Mahalla uyushmasi konferensiyasi uyushmaning yuqori organi boʻlib, kamida uch yilda bir marta chaqiriladi. Uyushmaning raisi kengash taqdimnomasiga asosan hududdardan kamida un nafardan shakllanadigan delegatlardan (mahalla raislari) iborat konferensiya orqali lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birliklari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi hududiy boʻlinmalarining 320 ta shtat birliklari qisqartirilib, uyushma va uning hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi.
Shuningdek, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish va oʻzini oʻzi band qilish uchun noturar joy ijara xarajatlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlar yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladi.
"Yoshlar daftari" jamgʻapmalapi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
- chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat, kitobxonlik yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish;
- nogironligi boʻlgan yoki bemor yoshlarga zarur birlamchi tibbiy anjomlar va dori vositalarini ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish.
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi Mahalla teleradiokanali DUK masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladi va uyushma uning yagona taʼsischisi etib belgilanadi.