platina.uz
Jamiyat

"Baxti Tashkentskiy"ning oʻgʻli ham ushlandi

IIBB yana olti kishi ushlanganini eʼlon qildi. 

"Baxti Tashkentskiy"ning oʻgʻli ham ushlandi

Toshkentda tezkor tadbirlarda yana olti kishi qoʻlga olindi, ular orasida qonundagi oʻgʻri "Baxti Tashkentskiy" ning oʻgʻli Ixtiyor Qudratullayev ushlandi.

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1. 1996 y.t. Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);
2. 1994 y.t. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
3. 1983 y.t. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
4. 1975 y.t. Badalov Djaxongir Djurayevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi);
5. 1978 y.t. Sulaymonqulov Sherali Roʻziyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);
6. 1995 y.t. Tursunboyev Akmaljon Narimon oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, "Baxti Tashkentskiy" shu oyning boshida ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid