platina.uz
Jamiyat

Tomdi tumaniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Navoiy hokimi Normat Tursunov qatnashgan sessiyada avvalgi hokim ishdan olingan. 

Tomdi tumaniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Orzumurod Umarovga Tomdi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish topshirildi. Xalq deputatlari Tomdi tumani kengashining navbatdan tashqari oltmish uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Tashkiliy masala koʻrib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov soʻzga chiqib, Q.Aldabergenovni tuman hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirdi.

Ushbu qaror xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari yuzasidan ham axborot berildi, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid