Prezident bir qator olimlarni mukofotladi
Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotladi. Bu boʻyicha davlat rahbarining tegishli farmon eʼlon qilindi. Jumladan:
«Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan
Turayev Abbasxan Sabirxanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Yusupova Diloram Yunusovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Namazov Shafaat Sattarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik
«Doʻstlik» ordeni bilan
Gusakova Svetlana Dmitriyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi, professor
Djalilov Abdulaxat Turapovich - «Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori, akademik
Ibragimova Elvira Memetovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, professor
Saidxanov Nasir Shakirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, professor
Xojimatov Olimjan Kaxxarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bogʻi laboratoriya mudiri, professor
«Shuhrat» medali bilan
Aimbetov Izzet Kalliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri
Ilyasova Saida Ravilevna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi
Ishnazarov Oybek Xayrilayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori oʻrinbosari, professor
Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna - Oʻzbekiston Milliy universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, professor
Olimov Xusniddin Kosimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor
Payziyev Shermaxamat Daliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor
Xudayberganova Durdona Sidikovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, professor
Hayotov Abdullo Raxmonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor
Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna - Oʻzbekiston Milliy universitetining falsafa va maʼnaviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor