Metroning yopib qoʻyilgan ikki bekati qayta ochiladi
Bekatlarning ochilish sanasi va intervallar xaqida maʼlumot berildi.

25 dekabrdan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.
Aytilishicha, bekatlardagi profilaktik ishlar oʻz yakuniga yetkazilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yoʻnalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tigʻiz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu koʻrsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgandi va bekatlargacha bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgandi.