"Manchester Siti" jahon chempioni boʻldi
"Siti" 2023 yildagi beshinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
"Manchester Siti" Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi boʻldi va 2023 yilda beshinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida “shaharliklar” Braziliyaning “Fluminense” klubini magʻlub etishdi.
Gvardiola shogirdlari uchrashuvni ajoyib boshladi va 40-sekunddayoq Alvaresning goli evaziga hisobni ochishdi.
Braziliyaliklar omadsiz startdan soʻng tashabbusni qoʻlga olishga harakat qilishdi. Ammo "Manchester Siti" tashabbusni berib qoʻymadi va raqibni yana 3 marta jazoladi. "Fluminense" oʻyin oxirigacha raqib darvozasiga yoʻl topa olmadi. Natijada “Manchester Siti” ilk bor klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi.
"Manchester Siti" (Angliya) – "Fluminense" (Braziliya) 4:0
22 dekabr, 23:00 | "King Abdullah Sports City"
Gollar: Xulian Alvares (1, 89), Nino (27), Fil Foden (72).