Kinorejissyor Administratsiyaga ishga oʻtdi
Tayinlovga qadar u Davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti edi.

Kinorejissyor Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shuʼbasi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti, “Ezgu film” kinostudiyasi bosh rejissyori boʻlib ishlagan.
Uning rejissyor sifatida "Uylanish", "Omad", "Tundan tonggacha", "Tilim qursin", "Onam bilmasin", "Dadam bilmasin", "Asal oyi", “Islomxoʻja”, “Ilhaq” kabi filmlari bor.