2024 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Shuningdek, Yangi yil bayramida necha kun dam berilishi maʼlum boʻldi.

"2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
22 mart – juma;
11 aprel – payshanba;
18 iyun – seshanba;
3 sentabr – seshanba;
31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
2 yanvar – seshanba;
23 mart – shanba;
12 aprel – juma;
31 avgust – shanba;
30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.
Demak, oʻzbekistonliklar Yangi yil bayramida 30 dekabrdan 3 yanvargacha dam oladilar.