Pragada talaba 15 kishini otib oʻldirdi, oʻnlab kishilar jarohatlandi
Hozirda otishma tashkilotchisi oʻldirilgan.
Pragadagi Karlov universiteti binolaridan birida yuz bergan otishma natijasida 15 kishi halok boʻldi, jinoyatchi ham oʻldirildi, deya xabar bermoqda Chexiya favqulodda xizmatlari.
Hodisa oqibatida 25 kishi jarohatlangan. Kamida toʻqqiz kishi ogʻir, besh nafari oʻrtacha va 10 nafarga yaqini yengil tan jarohati olgan”, — deyiladi favqulodda xizmatlar xabarida.
Avvalroq Chexiya politsiyasi X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmogʻida hujumchi “yoʻq qilingani” haqida yozgan. Politsiyaning soʻzlariga koʻra, payshanba kuni otishma sodir etgan shaxsning otasi ham oʻlik holda topilgan.
Chexiya politsiyasi rahbari Martin Vondrashek hujumchining oʻlimi sababi oʻz joniga qasd qilish boʻlishi mumkinligini aytdi, biroq rasmiylar uning politsiya tomonidan otib oʻldirilgani ehtimolini ham tekshirmoqda.
Politsiya jinoyatchi universitet talabasi ekanligini va uning jasadi maktab yonidan topilganini tasdiqladi.
U 24 yoshda boʻlib, Pragadan 21 km uzoqlikda joylashgan shaharchada yashagan.
Hujumning aniq sabablari hozircha nomaʼlum, ammo politsiya buni xalqaro terrorizm bilan bogʻliq deb hisoblamaydi.