platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Rossiyadan oʻzib ketdi

BAA, Quvayt va Qatar kabi davlatlar reytingda yetakchi oʻrinni egallagan. 

Oʻzbekiston Rossiyadan oʻzib ketdi

Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha jahonda 99-oʻrinni egalladi va Rossiyani ortda qoldirdi.

Rossiya bir yil davomida 99-oʻrindan 102-oʻringa tushib, eng tez mobil internetga ega 100 ta davlat safini tark etdi. Bu haqda reytingni tuzgan Ookla kompaniyasiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

"Reyting maʼlumotlari Rossiyada uyali aloqaning yomonlashganini koʻrsatmaydi. Ayrim mamlakatlarda va umuman dunyoda tezlikning oʻsishi 5G ning jahon bozoriga keng miqyosda kiritilishi natijasidir. Hozirda Rossiya Federatsiyasida ishlamayotgan beshinchi avlod tarmoqlari 4G va LTEga qaraganda tezroqdir”, — deydi kompaniya mutaxassisi.

Soʻnggi bir yil ichida Rossiya internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston (99-oʻrin), Indoneziya (100-oʻrin) va Tunis (101-oʻrin)dan ortda qoldi. Eng tez mobil internetga ega davlatlar - Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Quvaytdir.

Taqqoslash uchun, BAAdagi internetga kirish oʻrtacha tezligi deyarli 325 Mbit /s ni tashkil qiladi, Rossiyada esa 24 Mbit/s gacha.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid