platina.uz
Madaniyat

Madaniyatchilarning oyligi oshiriladi

Tasviriy va amaliy sanʼat boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi. 

Madaniyatchilarning oyligi oshiriladi

Madaniyat sohasida ishlayotgan xodimlarning maoshi oshadi. Bu haqda Prezident yigʻilishida aytib oʻtildi.

Mutasaddilarga musiqa va sanʼat maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini byudjetdan qoplash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.

Umuman olganda, madaniyat va sanʼat, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024 yil 1 apreldan 20 foizga, 2025 yil 1 yanvardan yana 15 foizgacha boʻlgan miqdorda oshiriladi.

Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirish uchun alohida dastur qabul qilinadi.

Xattotlik va miniatyura sanʼati taʼlimini amaliyot bilan bogʻlash maqsadida milliy usulda qogʻoz tayyorlash boʻyicha oʻquv ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etiladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev tashqi bosimlar haqida gapirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid