Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori vafot etdi
U “Umid” jamgʻarmasi orqali Buyuk Britaniyada oʻqib kelgandi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Janpoʻlat Xudoybergenov vafot etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
U 1978 yil 10 martda Nukus shahrida tugʻilgan. 2000 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001 yilda “Umid” jamgʻarmasi orqali Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan.
2010-2014 yillarda Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014-2017-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida ishlagan.
2018 yildan Yodju texnika institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori. 2019 yildan Oʻzbekistondagi birinchi xususiy oliy oʻquv yurti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.