Siz qaysi qoʻshiqni qayta-qayta eshitasiz?
Platina.uz odamlarning qayta-qayta eshitadigan qoʻshiqlari bilan qiziqdi.

"Musiqa — bu insonlar uchun oʻz fikr va his-tuygʻularini ifoda etishning universal usuli" — Billi Joel
Musiqa hissiyotlarni ifodalashning eng samarali usullaridan biridir. Aksariyat odamlar musiqa orqali oʻz psixologik holatlarini, hislarini, aytolmayotgan yoki hali oʻzlari ham bilmaydigan gaplarni anglaydilar.
Aytishlaricha, musiqani eshitadigan oʻz yoshi boʻladi. Odamlar yoshligida yoqtirmagan musiqani keyinchalik yaxshi koʻrib eshitishlari mumkin.
Platina.uz odamlarning ayni davrda qayta-qayta eshitadigan qoʻshigʻi bilan qiziqdi.
Soʻrovnoma qatnashchilari nafaqat oʻzbek estradasi balki dunyo qoʻshiqlarini sevib tinglashlari maʼlum boʻldi.
Qoʻshiqlarning soʻzlari insonning qanchalik hissiyotlariga yaqinligini koʻrsatishi rost. Insonlar ana shu eshitayotgan qoʻshiqlari bilan aslida ruhiyatidagi jarayonlarni ham koʻrsatadi.
“Musiqa soʻz bilan ifodalab boʻlmaydigan va jim turolmaydigan narsalarni ifodalaydi”, degan edi Viktor Gyugo.
Fazilat Soib