Sirdaryoda byudjetdan milliardlab mablagʻ ajratilmoqda: tafsilotlar
Avvalroq prokuratura binosi va radarlar uchun mablagʻ ajratilgandi.

Sirdaryoda viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 20 dekabr kuni mablagʻ ajratish boʻyicha ikki farmoyishni imzoladi.
Birinchi farmoyish Guliston shahri "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosi tashqi kommunikatsiyasini qurish uchun Respublika byudjetidan ajratilgan 1,7 mlrd. soʻm hisobidan Sayhunobod tumaniga 500 million soʻm, Sardoba tumaniga 1,2 mlrd. soʻm ajratishni nazarda tutadi.
Ikkinchi farmoyishda Oqoltin tumani "Sahovat" MFYda joylashgan 14-maktabni mukammal taʼmirlash natijasida yuzaga kelgan 3.2 mlrd soʻm kreditorlik qarzlarini yopish belgilangan. Ushbu maktab Sardoba suv omborida yuzaga kelgan favqulodda holat oqibatida zarar koʻrgan.
Mablagʻ homiylar hisobidan, Sirdaryo viloyati hokimligi maxsus gʻaznasiga kelib tushgan puldan beriladi.
Avvalroq Akmaljon Mahmudaliyev prokuratura binosi va radarlar uchun mablagʻ ajratish boʻyicha uch farmoyishni imzolagandi.