Bojxona amaldorining hibsga olinishi yuzasidan izoh berildi

Xodim sugʻurta kompaniyasi bilan til biriktirgan.

Jamiyat
21-dekabr 2023 yil
Bojxona amaldorining hibsga olinishi yuzasidan izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari ushlangani borasida xabarlar tarqaldi. Qoʻmita rahbariyati 21 dekabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida hodisaga izoh berib oʻtdi. 

Izohga koʻra, qoʻlga olingan shaxs boʻlim xodimi maqomidagi shaxs boʻlib, toʻlovlar boʻlimida ishlagan  va u sugʻurta kompaniyasi bilan til biriktirgan. Bojxona tizimida sugʻurta polisi asosida toʻlovlarni maʼlum muddatga kechiktirishga ruxsat berish amaliyoti bor. 

Bojxona xodimi sugʻurta kompaniyasi bilan kelishib, uning manfaatini noqonuniy ravishda himoya qilgan. 

Xodim harakatlari ikki oy davomida xavfsizlik xodimlari ishtirokida kuzatib kelingan, jinoyat alomatlari tasdiqlangach esa hibsga olindi, deyiladi izohda.

Ushbu jinoyat oqibatida davlat manfaatlariga 145 mlrd. soʻm zarar yetkazilishi xavfi yuzaga kelgan, uning 84 milliardi undirilgan. Jinoyat ishi ayblanuvchilari ichida xorijga chiqib ketishga muvaffaq boʻlganlar ham borligi maʼlum qilindi.

Avvalroq Samarqandda ham bir qancha amaldorlar qoʻlga olingani xabar berilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+