platina.uz
Jamiyat

AQShga kirishga uringan 119 oʻzbekistonlik ortga qaytarildi

Ular Meksika orqali mamlakatga kirmoqchi boʻlgan. 

AQShga kirishga uringan 119 oʻzbekistonlik ortga qaytarildi

AQSh hukumati AQShga noqonuniy kirishga uringan 119 nafar Oʻzbekiston fuqarosini oʻz vataniga deportatsiya qildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Unga koʻra, deportatsiya qilingan Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati AQShga Meksika orqali yetib borishga harakat qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning oktabridan 2023 yilning oktabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib oʻtishga uringan 13 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi ushlangan.

Avvalroq Toshkentdagi AQSh elchixonasi Meksika orqali AQShga bormoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar mamlakatga qoʻyib yuborilmay, qamoqqa olinishi haqida maʼlumot bergandi.

AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid