platina.uz
Jamiyat

Byudjet puliga korporativ qilish taqiqlandi

Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov topshiriq bergan.

Byudjet puliga korporativ qilish taqiqlandi

Byudjet puli hisobidan korporativ oʻtkazish taqiqlandi, bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov topshiriq bergan.

Barcha vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va tijorat banklariga byudjet va undan tashqari mablagʻlar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yigʻilishlarni tashkil etish va bayram dasturxonini yozish (xodimlar oʻz oyliklari yoki ragʻbat pullaridan tashkil etishi bundan mustasno) taqiqlandi, deya xabar bermoqda Platina.uz manbasi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ham bosh vazir topshirigʻi bilan byudjet hisobidan bayram qilish taqiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid