Putin "tahdidlar sabab" harbiylar sonini oshirishga buyruq berdi

Shuningdek yangi safarbarlik masalasiga ham aniqlik kiritilgan. 

Jahon
2-dekabr 2023 yil
Putin "tahdidlar sabab" harbiylar sonini oshirishga buyruq berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qurolli Kuchlari xizmatchilari sonini oshirish boʻyicha farmonni imzoladi.

Unga koʻra, RF Qurolli Kuchlarida jami xizmatchilar soni 2,2 million kishi, shu jumladan 1,3 million askarlar boʻladi. Hukumatga Mudofaa vazirligiga buning uchun byudjetdan zarur mablagʻlar ajratish topshirildi.

Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlar shtatlari soni 170 ming kishiga koʻpayayotganini maʼlum qildi va buni Rossiyaga tahdidlarning kuchayishi bilan izohladi.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar sonini koʻpaytirish shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtash istagini bildirgan fuqarolar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmagan. Safarbarlik kun tartibida yoʻq”, - deya taʼkidlanadi vazirlik xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq shunga oʻxshash farmon 2022 yil avgust oyida qabul qilingan. Oʻshanda harbiylar soni 1 150 ming kishigacha oshirilgandi. 

Gʻarb tomoni Rossiya Ukraina urushida yuz minglab askar yoʻqotganini taʼkidlab keladi. Ammo rasmiy Moskva 2022 yil sentabrdan buyon yoʻqotishlar haqida gapirmay kelmoqda. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+