Ekologiya Chodakdagi zaharli suv boʻyicha chora koʻrish uchun soʻrov yubordi
Saytimizda Chodakkon boshqarmasi faoliyatidan hosil boʻlayotgan zaharli oqova suvlar aholi ichadigan Chodaksoyga quyilayotgani haqida yozib chiqqandik.
Saytimizda Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati Chodakkon boshqarmasi faoliyatidan hosil boʻlayotgan zaharli oqova suvlar aholi ichadigan Chodaksoyga quyilayotgani haqida yozib chiqqandik.
Namangan viloyati ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, Chodakkon hududidan oʻtgan suv quvuri nosozligi, teshilib qolganini (yoki atay ochiq qoldirilgani suratda koʻrinib turibdi) aniqlashgan.
Suv quvurini yamab yopishgan, Chodakkon boshqarmasi mutasaddilariga tushuntirishlar berilgan.
Viloyat boshqarmasi biz bilan bogʻlanib, bu ish boʻyicha aybdorlarga chora koʻrish uchun tegishli idoralarga soʻrov yuborilganini maʼlum qildi.