Chirchiqda mahbus oʻzini osib qoʻydi
Hozirda holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv oʻtkazmoqda.
1 dekabr kuni soat tungi 02.30 larda hibsxonada saqlanayotgan A.Oʻ. kameradagi yopinchiq choyshabdan sirtmoq yasab, kamera oynachasining temir panjarasiga oʻzini osib qoʻydi.
Toshkent viloyati IIBB xabariga koʻra, 2001 yilda tugʻilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʻgʻrilik, koʻp miqdorda) va 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblangan.
Tergov davomida u muqaddam JKning 164-moddasi 2 qismi “a” bandi (bosqinchilik, qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib) bilan sudlangani inobatga olinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, marhumning oʻlimi boʻyin qismi sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya oqibatida yuz bergani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv oʻtkazmoqda.