Xitoyda ayanchli zilzila: 100dan oshiq kishi halok boʻldi
Mamlakatning Gansu provinsiyasida 6,2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

Xitoyda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. “Sinxua” axborot agentligi xabariga koʻra, oqibatda koʻplab turar-joy binolari va infratuzilma vayron boʻlgan. Qurbonlar soni kamida 111 kishini tashkil etmoqda.
Zilzila Gansu provinsiyasi, Linxia Xuyey avtonom prefekturasining Jishishan-Baoan-Dunsyan-Salar avtonom okrugida sodir boʻlgan.
Xitoy seysmologik tarmoqlari markazi maʼlumotlariga koʻra, silkinishlar epitsentri shimoliy kenglik 35,7 daraja va sharqiy uzunlik 102,79 daraja koordinatali nuqtada joylashgan. Epitsentr 10 km chuqurlikda joylashgan.
Hozirgacha zilzila oqibatida 230 dan ortiq jarohat olgan va kamida 111 kishi halok boʻlgani xabar qilingan.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish shtab-kvartirasi favqulodda vaziyatlarda favqulodda choralar koʻrish darajasini ikkinchi darajaga koʻtardi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida Afgʻonistonda kuzatilgan zilzilada ikki mingdan oshiq qishi halok boʻlgandi.