Toshkentda korrupsiyaga qarshi harakatni bildiruvchi monument oʻrnatildi
Marosimda Oʻzbekiston prezidenti va Qatar amiri ishtirok etdi.

Tashkent city hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.
Kafti ochiq qoʻl koʻrinishida metalldan ishlangan ushbu oʻn ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.