Samarqanddan oʻtuvchi katta yoʻllarga radarlar qoʻyiladi
Qurilmalar YTHlar va tirbandlikni oldini olish maqsadida qoʻyilishi taʼkidlangan.

Samarqand tumani hududidan oʻtuvchi katta yoʻllarga radarlar qoʻyiladi.
Bu boʻyicha tuman hokimining farmoyishi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, tuman hududidan oʻtuvchi mahalliy va xalqaro avtomobil yoʻllaridan tezlik va qoidabuzarlikni aniqlovchi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalar oʻrnatiladi.
Radarlar jumladan, Olmaota—Toshkent—Termiz, Samarqand—Gʻuzor yoʻllarida, "Samarkand Touristic Center" MChJ hududlarida YTHlar va tirbandlikni oldini olish maqsadida qoʻyiladi.
Avvalroq yoʻllar boʻyidagi maktablar oldida radarlar qoʻyilishi maʼlum boʻlgandi.