platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank bir tijorat bankiga cheklovlar kiritdi, yana toʻrttasini ogohlantirdi

Bundan tashqari ayrimlari jarimaga ham tortilgan. 

Markaziy bank bir tijorat bankiga cheklovlar kiritdi, yana toʻrttasini ogohlantirdi

Markaziy bank bitta tijorat bankiga cheklovlar joriy etdi va yana toʻrttasini ogohlantirdi.

Bu haqda Bank nazorati qoʻmitasining 2023 yilning noyabr oyidagi yigʻilishlarida qaror qabul qilingan.

Xususan, Markaziy bank koʻrsatmalariga amal qilmagani va makroprudensial vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlamagani sababli 1 ta tijorat bankiga ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar oʻrnatildi. Markaziy bankka ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar taqdim qilganligi va Markaziy bankning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilinishi taʼminlanmaganligi uchun 4 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotlari tegishli chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Prudensial normativlarga rioya qilmaganligi oqibatida 4 ta bankka va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 1 ta toʻlov tashkilotiga nisbatan jarima choralari qoʻllanildi.

Bundan tashqari, Qoʻmita tomonidan oʻzining tizim barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish prinsipidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralar yaratish, oʻrnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf qilish va moliyaviy holatini sogʻlomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Markaziy bank 21 bankni jazolagani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid