Korrupsiya boʻyicha xalqaro mukofot egalari aniqlandi
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan birgalikda yuksak xalqaro mukofotni oʻz egalariga topshirdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Kongress markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Mukofot quyidagilarga topshirildi:
- “Korrupsiyaga qarshi kurashdagi yutuqlar” nominatsiyasida Transparency International xalqaro tashkilotining sobiq raisi Xose Karlos Ugas Sanches Moreno (Peru);
- “Taʼlim va akademik tadqiqotlar” nominatsiyasida Singapur milliy universiteti sobiq professori Jon Kua (Singapur) va Zagreb universiteti professori Sunchana Roksandich (Xorvatiya);
- “Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar ijodi va faolligi” uchun mukofotlar Youth4IntegrityBuilding nodavlat tashkilotiga (Keniya) – direktor Damaris Asvega hamda All4Integrity nodavlat tashkilotiga – asoschisi Andre Korrea D’Almeyde;
- “Innovatsiyalar va jurnalistik surishtiruvlar” nominatsiyasida surishtiruvchi muxbir Kler Ryukasl-Braun (Buyuk Britaniya) va Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimining sobiq rahbari Fil Meyson;
- “Sportni korrupsiyadan himoya qilish” nominatsiyasida mukofotlarga jurnalist va BBC boshlovchisi Vayxiga Mvaura (Keniya) va Central European News axborot agentligi muharriri Shantanu Guxa Rey (Hindiston).