YeChL pley-off bosqichiga qurʼa tashlandi
Uchrashuvlar 2024 yil fevralidan boshlanadi.

Bugun, 18 dekabr kuni YeChL pley-off bosqichiga qurʼa tashlandi.
Quyida raqib jamoalar bilan tanishing:
- Leypsig - Real Madrid
- Kopengagen - Manchester Siti
- Latsio - Bavariya
- PSV - Borussiya Dortmund
- Inter - Atletiko Madrid
- PSJ - Real Sosedad
- Napoli - Barselona
- Portu - Arsenal.
1/8 finalning dastlabki oʻyinlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari boʻlib oʻtadi. Javob bahslari esa 5-6 va 12-13 martga belgilangan.




