platina.uz
Jamiyat

Xorazm: davlat dasturi ijrosi, hokimning shaxsiy tashabbusi va boshqalar

Platina.uz sayti barcha hokimliklarga 3 ta savol bilan rasmiy xat chiqardi.

Xorazm: davlat dasturi ijrosi, hokimning shaxsiy tashabbusi va boshqalar

Platina.uz sayti barcha hokimliklarga 3 ta savol bilan rasmiy xat chiqardi. Xat chiqib ketganiga 1 oydan oshgan, ammo haligacha hokimiyatlardan javob yoʻq. Bu orqali ijro nazoratini baholash mumkin.

Hokimiyatlarga qoʻyilgan savollar:

  • 2023 yilgi davlat dasturi boʻyicha siz boshchilik qilayotgan hokimlikka yuklatilgan vazifalarning qaysi biri bajarildi, qaysilari keyingi yilga qoldi?
  • Joriy yilda oʻz shaxsiy tashabbusingiz bilan xalqqa manfaatli qanday loyihalarni amalga oshirdingiz?
  • 2023 yil hisobidan ortgan davlat byudjeti pullarini nima qilmoqchisiz?

Shu paytgacha faqat Xorazm viloyati hokimligidan javob oldik. Javob xati bilan yuborilgan hisobotdan maʼlumki, Xorazm davlat dasturi boʻyicha oʻziga tegishli bandlarning deyarli barchasini bajargan va bu jarayon hamon davom etyapti (chunki yil davomida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar ham bor).

Faqat bir band bajarilmagan: talabalarni yotoqxona bilan taʼminlash. Sentabrgacha muddat qoʻyilgan. Masalan, TATU Urganch filialiga 400 oʻrinli talabalar turar joyi qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash va geologiya-topografiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2023-2025 yillarda har biri 400 oʻrinli 3 ta, jami 1200 oʻrinli talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2023 yilda Urganch davlat universitetida davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli 600 oʻrinli yotoqxona binosini qurish quradigan tadbirkor topilmagani sababli universitetning oʻz mablagʻlari hisobidan bunyod etiladi. Buning uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, geodezik hamda geologik xulosalar, gigiyenik shart, ekologik ekspertiza xulosalari olingan.

2023 yilga ajratilgan davlat byudjetidan mablagʻlar ortmaydi va ortgani yana respublika byudjetiga qaytariladi.

Viloyat hokimining shaxsiy tashabbusi bilan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • IT sohasidagi eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish uchun “Hokim granti” taʼsis etildi.
  • Iqtidorli ѐshlar uchun “Hokim stipendiyasi” joriy qilindi.
  • Faoliyat samaradorligi yuqori boʻlgan 100 nafar yoshlar yetakchisi moddiy ragʻbatlantirildi va mahalla hududi katta boʻlgan 10 nafar yoshlar yetakchisiga elektroskuterlar berildi.
  • Faoliyat samaradorligi yuqori 100 nafar mahalla raisi, 100 nafar hokim yordamchisi hamda 100 nafar xotin-qizlar faoliga bepul sayohat uchun yoʻllanma va har chorak yakuni boʻyicha moddiy ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyildi.
  • “Tadbirkorlar uyi”da har hafta tadbirkorlar uchun alohida qabul oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
  • “Bir makon va bir maqsad uchun sarmoya” shiori ostida chet ellarda faoliyat olib borayotgan 200 nafar xorazmlik tadbirkor bilan viloyat iqtisodiyotiga investitsiya kiritish boʻyicha muloqot yoʻlga qoʻyildi.
  • Yangibozor tumanida viloyatdagi iqtidorli bolalar uchun yozgi oromgoh tashkil etildi.
  • Yusuf Hamadoniy majmuasi rekonstruksiya va boshqa ziyorat turizm obʼektlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid