Sobiq vazir Aziz Voitov hibsga olindi
U oktabr oyida lavozimidan olingandi.

Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov qoʻlga olindi. U iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq ish yuzasidan tergov qilinmoqda. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Aziz Voitov 1980 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, 2001 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Eslatib oʻtamiz, Voitov ilk bor 2022 yil 22 avgust kuni Prezident farmoni bilan Jamshid Xoʻjayevning oʻrniga Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangandi. Bungacha u Investitsiya va tashqi savdo vaziri birinchi oʻrinbosari, "Oʻzsanoatqurilishbank" raisi lavozimlarida ham ishlagan.
2023 yilning oktabr oyida ishdan olingandi.