Shimoliy Koreya ketma-ket ballistik raketalar uchirdi: nimalar maʼlum?
Yaponiya ushbu hodisa yuzasidan shoshilinch yigʻilish oʻtkaziladi.

Dushanba kuni Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Yaponiyada bu hodisa yuzasidan xavfsizlik kengashi yigʻilishi oʻtkaziladi.
Oxirgi 24 soat ichida Shimoliy Koreya allaqachon ikkita ballistik raketani uchirdi. Yakshanba kuni kechqurun uchirilgan va maksimal 50 km balandlikda taxminan 400 km masofani bosib oʻtgan birinchi raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida Koreya yarim oroli sharqidagi Yapon dengiziga quladi.
NHK telekanali Yaponiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berishicha, uzoqroq parvoz masofasiga ega boʻlgan ikkinchi ballistik raketa tik trayektoriya boʻylab uchirilgan. Uchirishdan 40 daqiqadan koʻproq vaqt oʻtgach, raketa qulashi qayd etilmagan.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tokioda Shimoliy Koreyaning raketa uchirilishi munosabati bilan tez orada mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi yigʻilishi oʻtkazilishini aytdi.
Hukumat rahbarining soʻzlariga koʻra, u Vazirlar Mahkamasiga aholini axborot bilan taʼminlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha topshiriq bergan. Hozirda Yaponiya rasmiylarida Shimoliy Koreya raketasi qulashi oqibatida koʻrilgan zarar haqida maʼlumot yoʻq.
Avvalroq Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya 2024 yilda yadro sinovini oʻtkazishi mumkinligi haqida maʼlumot bergandi.
