platina.uz
Siyosat

Qatar amiri Toshkentga keladi

Amir Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi.

Qatar amiri Toshkentga keladi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni Toshkent shahriga keladi. Uni Shavkat Mirziyoyev taklif qilgan.

Amir Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham boʻlib oʻtadi. Shuningdek, prezidentning Qatarga davlat tashrifi davomida siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Maʼlumot uchun, ushbu mukofot Qatar amiri tashabbusi bilan taʼsis etilgan boʻlib, 2016 yildan buyon har yili global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashga qoʻshgan hissasining eʼtirofi sifatida taniqli jamoat arboblari, ekspertlar va jurnalistlar taqdirlab kelinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid