Namangan shahri hokimi oʻzgardi
Bungacha ushbu lavozimda Gʻofir Jamalov ishlayotgandi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Anvarjon Otaxoʻjayev Namangan shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Gʻofir Jamolovni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Namangan shahar hokimi vazifasidan ozod qilish, Anvar Otaxoʻjayevni Namangan shahar hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan tasdiqladilar.
Oʻz navbatida Gʻofir Jamalov Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi hamda J.M.Xatamov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egalladi.