Maktablar uchun qishki taʼtil sanasi eʼlon qilindi
Taʼtil davomiyligi 14 kalendar kunidan iborat.

Maktablarda qishki taʼtil qaysi sanalarda boʻlishi eʼlon qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimidagi umumtaʼlim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari oʻquvchilari uchun joriy oʻquv yilining II chorak soʻnggi kuni 2023 yil 27 dekabr, qishki taʼtilning ilk kuni 28 dekabr sanaladi.
Taʼtil 2024 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024 yil 11 yanvardan boshlanadi.
Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar etib belgilangan.