platina.uz
Madaniyat

Istanbul Modern muzeyi 9 million sayyohni qabul qildi

Shuningdek, 900 mingga yaqin bolalar va yoshlarga bepul sanʼat darslari berib kelingan.

Istanbul Modern muzeyi 9 million sayyohni qabul qildi

Istanbul Modern oʻzining 19 yilligini yangi muzey binosida nishonlamoqda.

Muassasa tomonidan berilgan bayonotga koʻra, 2004 yil 11 dekabrda tashkil etilganidan buyon muzey 9 million ziyoratchini qabul qilib, 900 mingga yaqin bolalar va yoshlarga bepul sanʼat darslari berib kelgan.

Muzey ochilganidan buyon 77 ta muddatli va kolleksiya koʻrgazmalari, 42 ta fotosuratlar, 13 ta video koʻrgazmalar va 17 ta xalqaro koʻrgazmalar oʻtkazilib, 422 ta kino dasturi bilan 4 mingdan ortiq filmlar namoyish etildi.

Bayonotga oʻz fikrlarini bildirgan Istanbul Modern boshqaruv kengashi raisi Oya Ejzajiboshi muzeyning 19 yilligi munosabati soʻzlagan nutqida quyidagilarni qayd etdi:

“Respublikamizning 100 yilligi munosabati bilan arxitektor Renzo Piano tomonidan loyihalashtirilgan muzey hozirgi kunga kelib shahrimiz va yurtimizning ramziy binolaridan biriga aylanganini koʻrishdan xursandmiz. Oʻn toʻqqiz yilni ortda qoldirib, yigirmanchi yilimizga qadam qoʻyar ekanmiz, taklif etiladigan xizmatlarimizga munosib loyihalashtirilgan binomizning oʻziga xos ustunliklari, infratuzilmalari, texnologiyalari va tashrif buyuruvchilarga yoʻnaltirilgan ijobiy xususiyatlari bilan xalqaro diqqatga sazovor markazlardan biri oʻlaroq shahrimizning turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshadi.”.

Maʼlumot oʻrnida, muzey arxitekturasida dunyo miqyosidagi mutaxassislik va tajribaga ega boʻlgan Renzo Piano Building Workshop tomonidan ishlab chiqilib, mahalliy va xorijiy ziyoratchilarni birdek jalb qila olgan Istanbul Modern’ning 2023 yil 4 mayda ochilgan yangi binosi birinchi olti oyda 500 ming kishi tomonidan ziyorat qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid