Investitsiya vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi
Vazirlikning ayrim funksiyalari Savdo-sanoat palatasiga oʻtkaziladi.

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga koʻmaklashadigan mutaxassislari shugʻullanadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta koʻrib chiqilib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga oʻtkaziladi.
Bu haqda Prezident raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Jahonda roʻy berayotgan oʻzgarishlar hisobiga iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan xom ashyo va mahsulotlar narxi, ularni yetkazib berish xarajatlari beqarorligi taʼkidlandi.
Eng avvalo, oʻzimizdagi xom ashyoni chuqur qayta ishlab, tayyor sifatli mahsulotlarni koʻpaytirish shartligi taʼkidlandi.
Eksport agentligi va jamgʻarmasi, “Oʻzbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga oʻtadi.
Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.
