platina.uz
Jamiyat

Aviatashuvlar hajmi oshiriladi

Yil boshidan 25 ta yangi samolyot olib kelinib, 17 ta yoʻnalish ochilganiga qaramasdan, sohadagi xizmatlar hajmi 7,7 foiz oʻsgan xolos.

Aviatashuvlar hajmi oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev transport vazirligi oldiga kelgusi yilda aviatashuvlar hajmini 20 foizga oshirish vazifasini qoʻydi.

Buning uchun Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bogʻlovchi har kuni kamida 2 tadan reys qoʻyiladi, viloyat markazlarini oʻzaro bogʻlovchi haftasiga kamida 1 tadan reys amalga oshiriladi, kamida 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yoʻnalish ochiladi.

Qayd etilishicha, transport xizmatlarining yarmi avtotransportga toʻgʻri keladi. Bu yil 1,5 mingga yaqin avtobus olib kelingan boʻlsa-da, oʻsish 5,5 foizdan oshmagan.

Transport vazirligiga yana kamida 1200 ta avtobus sotib olib, yoʻnalishlarga chiqarish topshirildi. Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari 2 barobar oshiriladi.

Aviaxizmatlar bozorida ham raqobat paydo boʻldi, 6 ta xususiy kompaniya ish boshladi. Yil boshidan 25 ta yangi samolyot olib kelindi, 17 ta yoʻnalish ochildi. Shunga qaramasdan, sohadagi xizmatlar hajmi 7,7 foiz oʻsgan xolos.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid