platina.uz
Jamiyat

Andijonlik nonvoyning Toshkentdagi hayoti (fotohikoya)

Platina.uz nonvoy hayotidan fotohikoya tayyorladi.

Andijonlik nonvoyning Toshkentdagi hayoti (fotohikoya)

Xalqimiz nonni eʼzozlaydigan xalq. Bizga har tong va har vaqtda issiq non yetkazib beruvchi nonvoyning hayot tarzi qanday? Non bizning qoʻlimizga tayyor holga kelguncha qanday bosqichlardan oʻtadi?

Platina.uz nonvoy hayotidan fotohikoya tayyorladi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Nonvoy asli Andijondan boʻlgan Ulugʻbek aka. Ulugʻbek akaning aytishicha 5 yildan beri nonvoychilik qiladi. Ishlash maqsadida Toshkentga kelib keyinchalik shu hunarni oʻrgangan. Hozir Toshkentning eski mahallalaridan biri Qazi mahallada nonvoyxonasi boʻlgan uyni ijaraga olgan. Oilasi bilan mana shu mahalla aholisiga hamda yaqin atrofdagi doʻkonlarga non yetkazib beradi. Nonvoyxonada kuniga oʻrtacha 500 dona non yopiladi. Nonga yana buyurtma berilishiga qarab bu miqdor koʻpayishi mumkin. Asosan yon atrofdagi 5-6 doʻkonga va choyxona va restoranlarga non yetkazib beradi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Nonvoy akaning aka-ukalari ham mana shu hunar bilan non shahrida roʻzgʻor tebratadi. Katta farzandlari Mavluda maktabga Toshkentda borgan. Hozir 2-sinf oʻquvchisi boʻlgan qizaloq otasining kasbiga qiziqadi va unga yordamlashadi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Nonvoyning hayoti hech kimga sir emas. U odamlar dasturxoniga issiq non yetkazib berish uchun tong sahardan tandir qizdiradi. “ Hozir mehnatimiz ancha yengillashib qolgan”- deydi nonvoyxonadagi zahmatini yengilashtirayotgan zamonaviy dastgohlarni koʻrsatib Ulugʻbek aka.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

“Masalliqlarni solasiz, Xamirni tehnika qiladi. Zuvala qilib berasiz, tehnika rostlab beradi. Oʻtin oʻrniga Toshkentda gaz ishlatamiz. Oʻtinni viloyatda yoqamiz” –deydi gapini davom ettirib.

Nonvoyxonada asosan ikki xil patir va yopgan non hamda buyurtmaga koʻra goʻshtli non yopiladi.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova.

Tong sahardan kech qorongʻugacha nonvoyxona ishlaydi. “Kimdir kech qolsa mahallada telefon raqamim bor, hamma bemalol qoʻngʻiroq qiladi. Mahallaga begona boʻlsak ham singib ketganmiz- deydi sevinib nonvoy.

Fazilat Soib

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid