Tadbirkorlarga mulk soligʻi oshirilyapti
Jumladan, Toshkent shahri uchun yangi miqdor 3 million soʻmni tashkil qiladi.

Oʻzbekistonda yangi yildan tadbirkorlar uchun mol-mulk soligʻi oshadi.
Jumladan, 2024 yilning 1 yanvardan boshlab, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kv.m uchun oʻrnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinmoqda.
Toshkent shahri uchun – 3 mln soʻm (amalda 2,5 mln soʻm), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2 mln soʻm (amalda 1,5 mln soʻm), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 mln soʻm (amalda 1 mln soʻm) boʻladi.
Shuningdek, soliqlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti, uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma shaklida soliqni toʻlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tartibi kiritilmoqda.