Surxondaryoda teatrlar uchun byudjetdan 600 mln. soʻm ajratiladi
Mablagʻ viloyat byudjeti zaxira jamgʻarmasi hisobidan taqdim etiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi farmoyishi bilan teatrlarga 600 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Bugun, 16 dekabr kuni eʼlon qilingan hujjatda viloyat Musiqali drama teatriga 300 million soʻm, Qoʻgʻirchoq teatriga ham 300 million soʻm berilishini nazarda tutilgan. Mazkur farmoyishga Prezidentning 2017 yil avgustdagi videoselektor yigʻilishidagi koʻrsatmalari asos sifatida keltirilgan.
Mablagʻ viloyat byudjeti zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.
Avvalroq Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ham qoʻgʻirchoq teatri uchun 300 mln. soʻm ajratgandi.