Oʻzbek futbolchisi "Rossiya chempionati kashfiyoti" deb ataldi
Fayzullayev shu yilning avgust oyida SSKA bilan shartnoma tuzgandi.

Moskvaning SSKA klubi sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin klubning oʻzbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayevni Rossiya Premer-ligasi (RPL) birinchi qismining kashfiyoti deb atadi. Bu haqda Vprognoze.ru xabar bermoqda.
“Men uni bu mavsumdan oldin koʻrmagan edim. Fayzullayev RPLga keldi va koʻrsatgan natijalari hurmat uygʻotadi. Qolaversa, Abbosbek yosh. Shuning uchun u hali ham rivojlanishi mumkin, - dedi Masalitin.
Eslatib oʻtamiz, RPLning joriy mavsumida Fayzullayev 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fayzullayev, shuningdek Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga nomzod boʻldi.
Abbosbek Fayzullayev shu yilning avgust oyida SSKA bilan shartnoma tuzgandi. Bungacha u "Paxtakor" yoshlar jamoasida toʻp surgan.




