Kuvayt amiri vafot etdi
Noyabr oxirida amir sogʻligʻi tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Kuvayt amiri shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. U 2020 yilda taxtga oʻtirgandi.
Aytilishicha, noyabr oxirida amir sogʻligʻi tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.
Endi mamlakat taxtini uning ukasi, 83 yoshli valiahd shahzoda Mashʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh egallashi kerak.