Angliyadagi oʻyinda nohush holat yuz berdi
Uchrashuv esa nomaʼlum muddatga qoldirildi. Oʻyinda 1:1 hisobi qayd etilayotgan edi.

Angliya premer ligasining 17-turidan oʻrin olgan Bornmut - Luton jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda nohush holat yuz berdi.
Gap shundaki, mehmonlar sardori Tom Loker 58-daqiqada hushini yoʻqotib, maydonga yiqildi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi.
Oʻyin bosh hakami futbolchilarga kiyinish xonasiga kirishga ruxsat berdi. Sardor hushiga kelmagan boʻlsa-da, yashab qolish uchun umid borligi aytildi.
Uchrashuv esa nomaʼlum muddatga qoldirildi. Oʻyinda 1:1 hisobi qayd etilayotgan edi.




