platina.uz
Siyosat

Toshkent xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi.

Toshkent xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

Keyingi haftada Toshkentda Qatar amiri tashabbusi bilan taʼsis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun” global mukofotini topshirish marosimi oʻtkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Qatarning qonun ustuvorligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha markazi vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy bilan shu tadbirga tayyorgarlikni muhokama qilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar rivojlanib, oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda, yirik qoʻshma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid