platina.uz

Keyingi yilda 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Iqtisod
15-dekabr 2023 yil
Keyingi yilda 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi

Kelgusi yilda elektrokar zavodi ishga tushirilib, 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi. Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Prezident bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratib, tarmoq korxonalarida elektromobillar uchun butlovchi qismlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Shuningdek, yengil avtomobil ishlab chiqarish 2030 yilgacha 1 million donaga yetkaziladi. Davlat rahbari “Oʻzavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirishni topshirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+