platina.uz
Jamiyat

Izmirdagi qishloq jahonning eng yaxshi sayyohlik maskanlaridan deb topildi

Shirinje tarixi,  gastronomiyasi va tabiati bilan mashhur. 

Izmirdagi qishloq jahonning eng yaxshi sayyohlik maskanlaridan deb topildi

Turkiyaning Izmir tumanida joylashgan Shirinje qishlogʻi Birlashgan Millatlar Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) tomonidan “2023 yilning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari” roʻyxatiga kiritildi.

Shirinje oʻzining tabiati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasi bilan ajralib turadigan, Turkiyaning Egey sohilida joylashgan eng jozibali shaharlaridan biridagi yam-yashil vohadir.

Tabiiy muhitga ega kichik bir qishloq boʻlgan Shirinje, yuz yillik tarixlardan bugungi kungacha yetib kelgan. Dengiz sathidan 350 metr balandlikda joylashgan ushbu aholi punktiga aylanma togʻ yoʻli olib boradi. Mandarin, anjir va zaytun daraxtlarining manzarasi, qushlarning sayrashi va odamlar tomonidan oziqlanadigan sevimli it va mushuklar tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Shirinje togʻ yonbagʻirlarida qurilgan, har biri maksimal manzara va tabiiy yorugʻlikni olish uchun moʻljallangan turar-joylardan iborat. Ularning atrofi mevali daraxtlar, zaytunzorlar va uzumzorlar bilan oʻralgan boʻlib, asrlar davomida jamiyatga hayot va turmush tarzini yuritishda muhim oʻrin egallagan.

Shirinje oʻzining tabiiy goʻzalligidan tashqari, mintaqada yetishtirilgan deyarli har bir mevadan tayyorlangan shirin mevali vinolari bilan ham mashhur. Tobora ortib borayotgan tashrif buyuruvchilar shahardan uzoqda tinch va sokin hordiq chiqarish uchun Shirinjeni afzal koʻrmoqda. Qishloqdagi tosh uylarning aksariyati shinam butik mehmonxonalarga aylantirilgan boʻlib, u yerda mehmonlar kamin yonida dam olishlari mumkin. Shu bilan birga, Egey lazzatlarini taqdim etuvchi restoranlar ham mintaqani mashhur turizm markaziga aylanishiga xissa qoʻshdi.

Asrlarni oʻz ichiga olgan Egey anʼanasi: zaytun va uzum hosili

Egey dengizining unumdor yerlarida joylashgan Shirinje, koʻp yillardan beri oʻziga xosligini saqlab qolgan qishloqdir. Qishloqda hayot oʻtmishdagidek bugun ham davom etmoqda: mahalliy aholi hamon dehqonchilik qilib, qoʻy boqadi. Qishloq ahli oʻz bogʻlaridagi mevalardan sharob ishlab chiqaradi. Qishloqdagi soy yuzlab yillar davomida boʻlgani kabi hali ham ichimlik suvi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, Shirinjening kun sayin ortib borayotgan mashhurligi mahalliy aholi uchun tirikchilik maydonini kengaytirdi: ular endi shahar mehmonlariga oʻzlarining savdo rastalaridan turli mahsulotlarni sotishlari mumkin. Qishloq koʻchalarida qoʻlda tayyorlangan murabbolar, tabiiy meva sharbatlari, shuningdek, Egey qishloq uslubida tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari va suvenirlar ham juda qimmatlidir.

Shirinjening yumshoq iqlimi uning jozibasini oshiradi. Tabiat bahorda jonlanib, qishloqni yam-yashil jannatga aylantirsa, kuz fasli qishloqqa oʻzgacha fayz olib keladi. Oʻrim-yigʻim uchun chalinayotgan qoʻngʻiroqlar zaytun bogʻlari va uzumzorlarda ish qizgʻinligidan xabar beradi. Bu zaytun va sifatli Egey zaytun moyi ishlab chiqaradigan Shirinje aholisi uchun bir necha oy davom etadigan qizgʻin faoliyat sanaladi. Qishloqning boy tarixi va madaniy merosini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida uzum yigʻish ishlari mahalliy ijtimoiy hayot uchun juda muhimdir.

Jahon sivilizatsiyasining markazida

Shirinje qadimgi dunyoning yetti moʻʼjizasidan biri Artemida ibodatxonasi xarobalari boʻlgan Selchukdan atigi 8 km uzoqlikda joylashgan. Efes atrofida ilk nasroniylik davriga oid noyob inshootlar va artefaktlar, jumladan, Maryam ona uyining muqaddas ziyoratgohlari, Avliyo Ioann bazilikasi va Yetti uxlab yotganlar gʻorlari mavjud.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid