Buxoroda byudjetdan milliardlar ajratildi
Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi qaror chiqardi.

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi qarori bilan turli tadbirlar uchun 4 mlrd. 49 mln. soʻm pul ajratiladi.
Mazkur miqdor mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari va byudjet xarajatlarini maqbullashtirish evaziga hisobiga boʻshab qolgan pullar hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlardan shakllantiriladi.
Jumladan, Buxoro shahridan "Islom dargʻalari tamadduni" xiyobonini barpo etishga 400 million soʻm, "Somoniylar" madaiy istirohat bogʻidagi koʻl va obodonlashtirish xarajatlari (yoqilgʻi) uchun 200 mln. soʻm, Qorakoʻl tumanidagi 33,6 km. yoʻlni shagʻallashtirish uchun 150 mln. soʻm beriladi.
Bundan tashqari Buxoro shahrida hunarmandchilik pavilonlarini tashkil qilishga 450 mln. soʻm, "Buxoronoma" gazetasi va uning rus tilidagi talqini tahririyatlariga subsidiya uchun 150 mln. soʻm, viloyatdagi madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasi uchun naq 1 mlrd. soʻm beriladi.
Viloyat hokimligining rasmiy mehmonlarni qabul qilish, chet el safarlari xarajatlari uchun 500 mln. soʻm taqdim etiladi. Muhtoj ayollar va qizlar toʻlov-kontrakti uchun 535 million soʻm beriladi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan Buxoroda 2024-2026 yillarda 61,5 kilometr ichki yoʻllar sementbeton qoplama bilan qayta quriladi.
Avvalroq, Buxoro viloyati hokimligi 443 mln. soʻmga elektromobil sotib olayotgani xabar berilgandi.