platina.uz

Buxoro hokimligi 443 million soʻmga elektromobil sotib oladi

Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar uchun 1 mlrd. 83 mln. soʻm ajratiladi.

Jamiyat
15-dekabr 2023 yil
Buxoro hokimligi 443 million soʻmga elektromobil sotib oladi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning farmoyishi bilan 443 million soʻmga hokimlik uchun bir dona elektromobil sotib olinadi.

Mablagʻ viloyat hokimligining rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan sotib olinadi.

Umuman olganda, Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar uchun 1 mlrd. 83 mln. soʻm ajratiladi.

Ushbu mablagʻdan Buxoro shahridagi uylarga shifer mahsulotini xarid qilish uchun 50 million soʻm, "Maʼnaviyat va maʼrifat" maskanlarini jihozlash uchun 300 million soʻm, elektromobil uchun 443 mln. soʻm, viloyat hokimligi xarajatlarini qoplash uchun 290 mln. soʻm beriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻonada sportchilar uchun bir milliard soʻmdan oshiq pul berilgandi.

Shuningdek, viloyat hokimlari qanday mashinalarda yurishi boʻyicha ham material eʼlon qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+