platina.uz
Siyosat

Bolalar tashkiloti tuziladi

Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar boʻyicha hisobot bilan tanishdi.

Bolalar tashkiloti tuziladi

Bolalarning koʻnikmalari, qiziqishlari va isteʼdodini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston bolalar tashkilotini tuzish taklif etildi.

Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar boʻyicha hisobot bilan tanishdi.

Bolalar uchun hozirgi kunda "Kamalak" tashkiloti bor, u sobiq "Kamolot" paytidan beri faoliyat yuritadi.

Davlat rahbari yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash borasidagi ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni takomillashtirish zarurligini aytdi.

Prezidentga Navoiy viloyatida barpo etilgan Toʻdakoʻl xalqaro shaxmat maktabi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi. Zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlangan ushbu maktab yil davomida 1 ming 700 nafar oʻgʻil-qizni oʻqitish va 7,5 ming nafar yoshni turli tadbirlar bilan qamrab olish imkoniyatiga ega. U yerda jahon va Osiyo chempionatlari, universiada kabi xalqaro musobaqalarni oʻtkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Yigʻilishda yoshlar bilan ishlash borasida 2024 yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarga ham eʼtibor qaratildi. Har bir hudud, vazirlik va idoralar tizimida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha yondashuv joriy etiladi. Yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan beriladigan yordam turlari transformatsiya qilinib, asosiy eʼtibor ularni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatishga qaratiladi.

Maʼlumot oʻrnida:

  • 94 ming nafar yosh ishli boʻldi;
  • 56 mingi kasb-hunarlarga oʻqitildi;
  • “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetdi;
  • murojaatlarni koʻrib chiqish muddati 30 kundan 5 kungacha qisqardi;
  • 338 ming nafar yigit-qizga 444 milliard soʻmlik yordam koʻrsatildi;
  • 236 ming nafar ishsiz yigit-qiz va 189 ming nafar maktab bitiruvchisi ishli boʻldi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid