platina.uz
Jahon

Yaponiyada vazirlar yoppasiga ishdan boʻshayapti

Yapon matbuotida yoritilgan poraxoʻrlik mojarolari fonida hukumat reytingi keskin pasaydi. 

Yaponiyada vazirlar yoppasiga ishdan boʻshayapti

Yaponiyada siyosiy mojaro tufayli birdaniga bir nechta vazir isteʼfoga chiqdi.

Bosh vazir Fumio Kisida payshanba kuni hukmron Liberal-demokratik partiyaning eng yirik fraksiyasidagi noqonuniy mablagʻ yigʻish va poraxoʻrlik mojarosi tufayli vazirlar mahkamasining toʻrt aʼzosini almashtirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.

Ishdan ketganlar qatoridagi hukumat bosh kotibi Xirokazu Matsuno marhum sobiq bosh vazir Sindzo Abe fraksiyasiga mansub.

Matsunodan tashqari Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura, milliy ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Junji Suzuki va qishloq oʻrmon va baliqchilik vaziri Ichiro Miyashita ham oʻz lavozimlaridan ayrildi.

Bundan tashqari Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi rahbari va sobiq iqtisodiyot vaziri Koichi Xagiuda, Parlament bilan hamkorlik boʻyicha qoʻmita raisi va sobiq bosh vazir Sindzo Abe fraksiyasi bosh kotibi Suyesi Takagi ham isteʼfoga chiqdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yapon matbuotida yoritilgan mablagʻlarni tegishli hujjatlarsiz ishlatish va korrupsiya bilan bogʻliq mojarolar hukumat reytingining keskin tushib ketishini taʼminlagan va isteʼfolarga olib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid